KitobHub
KitobHub — jamoangiz kitoblarini bir joyda boshqarish, o'qishni kuzatish va kitobxonlikni rag'batlantirish uchun oddiy tizim.
Acme ofis kutubxonasi
Salom, Aziza 👋
12 kunlik seriya! Davom eting 🔥
1 240
ball
3 418
bet
#2
reyting
O'tkan kunlar
6 kun qoldi
254 / 380
Kichik ofis javonidan tortib katta korporativ kutubxonagacha.
Kitoblar rasmlari, kategoriyasi, bet soni, reytingi va nechta nusxa mavjudligi bilan.
Kitobni bir necha kunga so'rang, admin tasdiqlaydi. Band bo'lsa — navbatga turing.
Har kuni necha bet o'qiganingizni kiriting — progress hamkasblaringizga ham ko'rinadi.
30 xil nishon, kunlik seriyalar va ofis bo'yicha top kitobxonlar reytingi.
Muddat yaqinlashganda yoki kitob o'qilmay qolganda bot xabar beradi.
O'zbek, rus va ingliz tillari. Kitob nomlarini ham uch tilda kiritish mumkin.
Telegram'da KitobHub botini oching va /start bosing.
Bir marta telefon raqamingizni ulashasiz — parol kerak emas.
Ofisingiz kutubxonasini yarating yoki admin bergan kod/havola orqali qo'shiling.
Kitob oling, betlarni kiriting, nishonlar yig'ing va reytingda ko'tariling.
👑
📖
Yo'q, KitobHub bepul. Faqat Telegram hisobi kerak bo'ladi.
Yo'q. KitobHub Telegram ichida Mini App sifatida ochiladi — hech narsa o'rnatmaysiz.
Ha, istalgancha kutubxonaga qo'shilishingiz mumkin. O'zingiz esa bir vaqtda bitta faol kutubxonaga ega bo'lasiz.
Yo'q. Har bir kutubxonaning kitoblari, a'zolari va tarixi faqat o'sha kutubxona ichida ko'rinadi.
Ha. Admin kitobni qo'shayotganda uning egasini belgilaydi — kitob ofisniki emasligi doim ko'rinib turadi.
Savolingiz yoki taklifingiz bormi?
Telegram orqali to'g'ridan-to'g'ri yozing — tez orada javob beramiz.
Botni oching, kutubxona yarating va hamkasblaringizni taklif qiling — bir necha daqiqa kifoya.
Botni ochish